Sayt test rejimida ishlamoqda

Joriy yilda 807 ta maktabda qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlari amalga oshirildi

28-dekabr 2022-yil
image

2022-yilda Investitsiya, “Obod qishloq” va Obod mahalla” hamda qo‘shimcha dasturlar doirasida, shuningdek, mahalliy budjet va homiylik mablag‘lari hisobidan xalq ta’limi tizimidagi jami 807 ta umumta’lim maktabida qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlari amalga oshirildi.

Jumladan:

Investitsiya dasturi doirasida — 341 ta;

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida — 257 ta;

Prezidentning hududlarga tashriflari davomida berilgan topshiriqlar asosida — 51 ta;

mahalliy budjet va homiylik makblag‘lari hisobidan — 30 ta umumta’lim maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash;

128 ta xom g‘ishtdan qurilgan filial binolarini qayta qurish ishlari bajarildi.

 

Mazkur maqsadlar uchun jami 3,2 trln. so‘m budjet mablag‘lari yo‘naltirildi.

 

Hozirgi kunda:

35 ta yangi maktab binolari qurildi hamda 28 096 nafar o‘quvchi o‘rni yaratildi;

474 ta maktab rekonstruksiya qilinishi natijasida 100 010 quvvatli qo‘shimcha o‘quv binolari qurildi;

280 ta maktabning 196 560 o‘rinli mavjud bino va inshootlari mukammal ta’mirlandi;

128 ta xom-g‘isht va loy-paxsadan qurilgan maktab filiali binolari zamonaviy qiyofada qayta barpo etildi;

516 ta umumta’lim maktabi mebel, o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, sport anjomlari va boshqa texnik vositalar bilan jihozlandi.

Shuningdek:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlangan “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida 942 ta ta’lim muassasasining moddiy-texnik ta’minoti va infratuzilmasi yanada yaxshilandi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu