Sayt test rejimida ishlamoqda

Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar maktab-internatlari uchun darslik hamda audiokitoblar yaratilmoqda

2-dekabr 2022-yil
image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda ta’lim berish sifatini oshirish hamda ular faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida Xalq ta’limi vazirligi hamda tegishli vazirlik va idoralar oldiga qator vazifalar qo‘yilgan.

Jumladan, rejadan kelib chiqib, ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarni Brayl alifbosida darsliklar bilan ta’minlash hamda ilk bor darsliklarning audiokitob formatini joriy qilish bo‘yicha zarur choralarni amalga oshirish belgilangan.

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2022-2023 o‘quv yilida ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari uchun 35 nomda 41 459 nusxa Brayl yozuvidagi darslik va o‘quv-metodik majmualarni chop etish va 12 nomdagi audiokitoblar yaratish ishlari tashkil etildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu