Sayt test rejimida ishlamoqda

II guruh fanlaridan asosiy olimpiadaning viloyat bosqichiga start bеrildi

29-noyabr 2022-yil
image

Joriy yilning 29-noyabr kuni ona tili va adabiyoti, o‘zbek tili, qoraqalpoq tili va adabiyoti, ingliz tili, fransuz tili, nemis tili, rus tili va adabiyoti, tarix, geografiya, tojik tili, qozoq tili fanlaridan (II guruh fanlari) asosiy olimpiadasining III (viloyat) bosqichiga start berildi.

Ushbu bosqichda Respublika bo‘yicha 19 535 nafar 9-10-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etadi.

Mazkur bosqichda g‘oliblikni (1-2-3 o‘rin) qo‘lga kiritgan 11-sinf o‘quvchilari olimpiadaning Respublika bosqichida ishtirok etadi.

Amaldagi tartib bo‘yicha mazkur bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin uchun 1,8 mln so‘m;

2-o‘rin uchun 1,2 mln so‘m;

3-o‘rin uchun 900 ming so‘m

 

Joriy yilda g‘oliblarni rag‘batlantirish va taqdirlash maqsadida Respublika budjetidan qariyb 3 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu tartib 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab Vazirlar Mahkamasining 562-sonli qarori bilan joriy qilingan bo‘lib, o‘tgan o‘quv yilida 2,7 mlrd. so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan edi.

Olimpiada 1-dekabrga qadar davom etadi. Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu