Sayt test rejimida ishlamoqda

Jomboylik o‘quvchi AQSHning Kolorado Universitetiga o‘qishga qabul qilindi

28-noyabr 2022-yil
image

Bugungi kunda yurtimizda iqtidorli yoshlar ko‘p. Ular o‘z bilimlari orqali erishayotgan yutuqlari orqali nafaqat ustoz yoki ota-onalariga rahmat olib kelishmoqda, balki o‘z kelajaklari uchun munosib poydevor yaratishmoqda.

Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi 18-umumta’lim maktabi 11-sinf o‘quvchisi Abbos Quvondiqov ana shunday izlanuvchan yoshlardan.

Maktabning 5-sinfidan buyon ingliz tilini katta qiziqish bilan o‘rganib kelayotgan Abbos hozirda AQSHning Kolorado Universitetiga muddatidan oldin o‘qishga qabul qilindi. Quvonarlisi, qo‘shimcha ravishda mazkur Universitetning 32 ming dollarlik ta’lim grantini qo‘lga kiritdi.

Abbosning ta’kidlashicha, o‘z bilimini sinovdan o‘tkazish maqsadida hozirga qadar AQSH, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya hamda Yaponiyadagi jami 17 ta xorijiy oliygohga hujjat topshirgan.

Joriy yilning iyun oyida IELTS imtihonlarida qatnashib, 7 balni qo‘lga kiritgan Abbos kelajakda IT sohasida yetuk mutaxassis bo‘lib yetishish hamda ushbu yo‘nalish bo‘yicha olgan bilimlari bilan yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishni o‘z oldiga maqsad qilgan.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu