Sayt test rejimida ishlamoqda

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bir guruh davlat xizmatchilarini Koreyada malakasini oshirmoqda

18-noyabr 2022-yil
image

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Koreya Respublikasining Milliy institutida (NHI) O‘zbekistondagi davlat idoralari va tashkilotlarning kadrlar bo‘yicha masʼul xodimlari ishtirokida qisqa muddatli malaka oshirish dasturlari tashkil etildi.

Ushbu malaka oshirish kurslarida Xalq taʼlimi vazirligining Inson resurslarini rivojlantirish boshqarmasi masʼul xodimlari ham ishtirok etmoqda.

Dastur doirasida Koreyaning davlat xizmati tizimi, iqtidorli kadrlarni ishga jalb qilish siyosati, davlat xizmatiga kirish imtihoniga tayyorgarlik, davlat xizmatchilarining zaxira tizimi yo‘nalishlariga doir qator uchrashuv, seminar va treninglar o‘tkazilmoqda.

Malaka oshirish tadbirlari joriy yilning 19 noyabriga qadar davom etadi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu