Sayt test rejimida ishlamoqda

YUNЕSKO bosh direktori o‘rinbosari Stefaniya Jannini Toshkent shahridagi 60-maktab o‘quvchilarining bilim va dunyoqarishini yuksak baholadi

16-noyabr 2022-yil
image

So‘nggi yillarda mamlakatimiz ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish va o‘quv dasturlari sifatini yanada oshirish maqsadida qator islohotlar olib borilmoqda.

Xususan, bolalarni maktabgacha ta’limga qamrov darajasini 80 foizga yetkazish, maktab ta’limidagi o‘quv dasturlar, darsliklarni yangi avlodi, o‘qituvchilarni tayyorlash, o‘quvchilarni mantiqiy fikrlaydigan intelektual salohiyatli barkamol avlod etib tarbiyalash borasida zarur qadamlar qo‘yilmoqda.

Ushbu mavzudagi muhim fikrlar Davlatimiz rahbarining kuni kecha “Erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish” mavzusidagi II Butunjahon konferensiyasi ochilish marosimida qilgan ma’ruzasida ham qayd etib o‘tildi.

YUNЕSKO bosh direktorining o‘rinbosari Stefaniya Jannini mazkur jarayonlarning amaliy natijasi bilan yaqindan tanishish maqsadida bugun Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 60-sonli maktab faoliyati bilan tanishdi.

Stefaniya Jannini maktab o‘quvchilarining ingliz va nemis tillarida ravon so‘zlagan holda, mazkur ta’lim muassasasidagi ijobiy o‘zgarishlar, yangi dasrliklar, dars mashg‘ulotlarini yanada qiziqarli o‘tish uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berishdi. Shuningdek, o‘quvchilar maktabda yaxshi bilim olib, mamlakatimizni eng rivojlangan mamlakatlar darajasiga olib chiqish uchun munosib bilim olishga harakat qilishayotganligini ta’kidlab o‘tishdi.

Mehmon maktab ma’muriyati va pedagoglar bilan muloqot qilib, o‘quvchilarning bilim va dunyoqarishiga, o‘z oldilariga qo‘ygan kelajak maqsadlarini yuksak baholadi.

Tadbir so‘nggida iste’dodli o‘quvchilar tomonidan badiiy dastur namoyish etildi.

Ertaga konferensiya ishtirokchilari Samarqand, Xiva va Buxoro shaharlaridagi maktablar faoliyati bilan ham tanishishlari rejalashtirilgan.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu