Sayt test rejimida ishlamoqda

“Ona tilim: qonunchilikda va amalda” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi

4-noyabr 2022-yil
image

Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 19-iyuldagi “Huquqiy bilimlarni oshirish kuni”ni tashkil etish to‘g‘risida”gi 234-sonli buyrug‘i”ga asosan, o‘tgan vaqt davomida qator huquqiy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Joriy yilning 4-noyabr — “Huquqiy bilimlarni oshirish kuni”da Xalq ta’limi vazirligi markaziy apparati xodimlari ishtirokida “Ona tilim: qonunchilikda va amalda” mavzusida ilmiy-ma’rifiy o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Unda vazirlikning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) bo‘limlari xodimlari ham ZOOM platformasi orqali qatnashdi.

Seminar tadbirida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlar doktori, professor M.Baratov tomonidan o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yil to‘lishi munosabati bilan ma’ruza qilindi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu