Sayt test rejimida ishlamoqda

“O‘qituvchilar-kelajagimiz bunyodkorlaridir!" videoroliklar TANLOVI G‘OLIBLARI ANIQLANDI

31-oktabr 2022-yil
image

Xabaringiz bor, Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan "O‘qituvchilar-kelajagimiz bunyodkorlaridir!" videoroliklar tanlovi eʼlon qilingan edi.

Mazkur tanlovning asosiy maqsadi umumiy o‘rta taʼlim muassasalari o‘quvchilari tomonidan o‘z ustozlari faoliyatiga nisbatan hurmat aks ettirilgan videoroliklarni yaratish va tarqatish orqali o‘quvchi-yoshlarning faolligini oshirish, ular tomonidan amalga oshirilayotgan ijodiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Jamoatchilik tomonidan g‘oliblarni aniqlash uchun saralangan videoroliklar vazirlikning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy tanlovlar sahifasida eʼlon qilindi. Ovoz berish jarayonlarining yakuniy natijalariga ko‘ra, eng ko‘p ovoz to‘plagan qo‘yidagi taʼlim muassasalari «O‘qituvchilar-kelajagimiz bunyodkorlaridir!» tanlovi g‘olibi deb topildi.

Tanlovda g‘olib deb topilgan umumtaʼlim maktablari vazirlik tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

O‘qituvchilar-kelajagimiz bunyodkorlaridir!" videoroliklar tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari

R O‘ Y X A T I

Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani 1-sonli umumtaʼlim maktabi

Andijon viloyati Jalaquduq tumani 22-sonli umumtaʼlim maktabi

Buxoro viloyati Buxoro shahri 4-sonli umumtaʼlim maktabi

Jizzax viloyati G‘allaorol tumani 90-sonli umumtaʼlim maktabi

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani 75-sonli umumtaʼlim maktabi

Navoiy viloyati Navoiy shahar 12-sonli umumtaʼlim maktabi

Namangan viloyati Yangi Namangan tumani 35-sonli umumtaʼlim maktabi

Samarqand viloyati Samarqand tumani 33-sonli umumtaʼlim maktabi

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani Ingliz tiliga ixtisoslashtirilgan maktab internati

Surxondaryo viloyati Angor tumani 25-sonli umumtaʼlim maktabi

Toshkent viloyati Chirchiq shahri 24-sonli umumtaʼlim maktabi

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani 49-sonli umumtaʼlim maktabi

Xorazm viloyati Urganch shahri 6-sonli umumtaʼlim maktabi

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani 241-sonli umumtaʼlim maktabi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu