Sayt test rejimida ishlamoqda

Toshkent viloyatidagi 21 ta maktabda homiylik asosida quyosh elektr panellari o‘rnatilmoqda

28-oktabr 2022-yil
image

Mamlakatimizdagi ijtimoiy ob’ektlarni energiya tejovchi texnologiyalar bilan ta’minlash maqsadida Toshkent viloyatidagi 21 ta umumta’lim maktablariga “Falkon Hunting Solutions” MCHJning homiylik mablag‘lari hisobidan quyosh elektr panellari o‘rnatilmoqda. Bugungi kunda mazkur quyosh elektr panellarini o‘rnatish bo‘yicha dastlabki tayyorlov ishlari ketmoqda.

Ayni vaqtda viloyatning Chirchiq va Yangiyo‘l shaharlaridagi belgilangan maktablarda quyosh panellarini o‘rnatish joylarini belgilash va qurilish ishlariga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, Chirchiq shahridagi 3-, 4-, 7-, 9-, 20-sonli umumta’lim maktablarida o‘rnatish joylar belgilanib, dastlabki ishlar boshlangan.

Shuningdek, Yangiyo‘l shahridagi 4 ta — “Baxt” MFYda joylashgan 2-sonli, “Ramadon” MFYda joylashgan 3-sonli va “Mezon” MFYda joylashgan 10-sonli maktablarda 15 kVt quvvatli, “Baxt” MFYda joylashgan 6-sonli maktabda 25 kVt quvvatli quyosh elektr panellari o‘rnatilmoqda.

Hozirda pudratchi tashkilot tomonidan Toshkent va Qibray tumanlaridagi maktablarda quyosh elektr panellari o‘rnatish bo‘yicha mexanik montaj ishlari olib borilmoqda.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu