Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiyo‘l shahridagi umumta’lim maktablar xodimlariga metodik yordam ko‘rsatilmoqda

26-oktabr 2022-yil
image

Xabaringiz bor, Xalq ta‘limi vazirligi, Respublika bolalar kutubxonasi va O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi mas’ullari umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatini o‘rganish va maktablarga uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida Toshkent viloyatida bo‘lib turishibdi.

Ishchi guruh tomonidan maktablardagi ma’naviy-ma’rifiy, psixologik xizmat va kasb-hunarga yo‘naltirish, kutubxonalarning badiiy adabiyotlar bilan ta‘minlanishi, kutubxona me‘yoriy hujjatlarining yuritilishi, o‘quvchilarning kutubxonalarga jalb qilish holati, ta’lim muassasasida o‘tkazilayotgan kitobxonlik tadbirlari viloyatning Yangiyo‘l shahri misolida o‘rganildi.

Respublika bolalar kutubxonasi mutaxassislarining shahardagi 10 dan ortiq umumta’lim maktablari faoliyati bilan tanishishi asnosida ta'lim muassasalaridagi mavjud kutubxonalar, ularning faoliyati, badiiy va darslik kitoblarining holati, o‘quvchilarning kutubxonaga jalb etilishi jarayonlari tahlil etildi.

Bunda maktab kutubxonalarida yaratilgan shart-sharoitlar, kitob fondi va kutubxonachilar duch kelayotgan muammolar o‘rganilib, kitob fondidan oqilona foydalanish, kitobxonlar sonini ko‘paytirish, ta’lim muassasasida kitobxonlik tadbirlarini tashkil etish va malakalari oshirish bo‘yicha maktablar kutubxonachilariga muhim tavsiyalar berildi.

 

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu