Sayt test rejimida ishlamoqda

Zarafshon shahridagi 12-umumta’lim maktabi yangi kompyuter jihozlari bilan ta’minlandi

25-oktabr 2022-yil
image

Maktablarning mavjud infratuzilmasini yanada yaxshilash, sinfxonalarni zarur o‘quv jihozlari ta’minlash maqsadida Xalq ta’limi vazirligi mutasaddilari tomonidan joylarda olib borilayotgan tahliliy o‘rganishlar davomida qator takliflar bildirilmoqda.

2022-yil may oyida Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidovning Navoiy viloyati Zarafshon shahridagi 12-umumta’lim maktabida o‘tkazgan o‘rganishlari davrida o‘quvchilarning maktabning eski kompyuterlarini yangi kompyuter jihozlari bilan almashtirish taklifi inobatga olingan edi.

Ayni vaqtda vazir tomonidan va’da qilingan kompyuter jihozlari mazkur maktabga yetkazib berildi ham tegishli sinfxonalarga o‘rnatildi. Bu katta e’tibor va rag‘batdan nafaqat maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari, balki shu hududda yashovchi ota-onalar ham juda mamnun ekanliklarini bildirishdi.

Ta’kidlash lozimki, joriy yilda maktabning 110 nafar bitiruvchi o‘quvchilarining 100 nafarga yaqini turli oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilindi. Bu albatta, o‘z kasbiga sadoqat va fidoyilik bilan mehnat qilayotgan o‘qituvchilarning jonbozligi, bildirilayotgan ishonchni to‘la oqlashga intilayotgan o‘quvchilarning betinim harakati mahsulidir.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu