Sayt test rejimida ishlamoqda

Har bir murojaat ortida inson taqdiri turadi

20-oktabr 2022-yil
image

Bugun Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan Sherobod tumanida tashkil etilgan “Sayyor qabul”da asosiy eʼtibor har bir murojaat qilgan fuqaroning masalasini tinglab, uning yechimi yuzasidan aniq choralarni belgilashga qaratildi.

Qabulda 25 nafardan ortiq fuqaroning sohaga oid 19 ta masala yuzasidan murojaati tinglandi.

Qabul qilingan 19 ta murojaatdan 12 tasi joyida hal qilindi.

Jumladan, fuqaro O.Davlatovaning murojaati asosida farzandi Sherobod tumanidagi 42-sonli maktabga ishga qabul qilindi.

Yana bir fuqaro M.Mahsumovning murojaati asosida Sherobod tumanidagi 35-sonli maktabga qo‘shimcha bino qurish bo‘yicha 2023 yilgi Investitsiya dasturiga kiritish uchun taklif beriladi. Fuqaro G.Jo‘rayevaning murojaati asosida Sherobod tumani 45-sonli maktabni ham Dasturga kiritish choralari ko‘riladigan bo‘ldi.

Bundan tashqari, Sherobod tumanida joylashgan 30, 13, 37, 12-sonli umumtaʼlim maktablariga sport zal qurishni kelgusi yillarda viloyat va tuman hokimliklari bilan birga hal etish choralari ko‘rilishi maʼlum qilindi.

Sayyor qabulga kelgan har bir fuqaroga mamlakatimizning bugungi siyosati, “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalqni rozi qilish, buning uchun mahallabay muammolar o‘rganilib, masalalarni hal etish uchun mablag‘lar ajratilayotgani, shu qatorida maktablarga ham eʼtibor qaratilayotgani tushuntirildi.

Vazir “Har bir murojaat ortida inson taqdiri yotishi, unga befarq bo‘lishga hech kimning haqqi yo‘qligi, bugun Davlatimiz rahbari tomonidan vazirlar, hokimlar pastga tushib aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish lozimligi yuzasidan topshiriq berilganligini taʼkidlab, Sayyor qabullar davom etishini maʼlum qildi.

Qabulda yo‘llangan 7 ta masalani joyiga chiqib o‘rganilganidan so‘ng, aniq yechimi bo‘yicha taklif berish to‘g‘risida viloyat va tuman xalq taʼlimi bo‘limi boshliqlariga topshiriqlar berildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu