Sayt test rejimida ishlamoqda

Ishga kirish xohishini bildirgan 150 nafardan ortiq talabalar Toshkent shahri maktablaridagi boʻsh ish oʻrinlariga yoʻnatirildi

11-oktabr 2022-yil
image

Universitetda Xalq ta’limi vazirligi va Toshkent shahar xalq ta’limi boʻlimlarining kadrlar masalalari boʻyicha xodimlari bilan Toshkent shahridagi umumiy oʻrta ta’lim maktablaridagi boʻsh ish oʻrinlariga talalabalarni ishga joylashtirish yuzasidan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Suhbat universitet va Toshkent shahridagi xalq ta’limi boʻlimlarining kadrlar masalalari boʻyicha mas’ul xodimlari hamkorligida oʻtkazildi. Suhbat davomida universitetda tahsil olayotgan 3-4 kurs talabalaridan ishga kirish xohishini bildirgan 150 nafardan ortiq talabalarni Toshkent shahridagi umumta’lim maktablaridagi boʻsh ish oʻrinlariga yoʻnatirildi hamda “4+2” tartibidagi amaliyotlarini ham ushbu maktablarda oʻtashlariga imkoniyat yartish boʻyicha kelishib olindi.

 

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat
pedagogika universiteti matbuot xizmati 

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu