Sayt test rejimida ishlamoqda

Shahrisabzdagi 68-umumtaʼlim maktabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

27-avgust 2022-yil
image

Jonajon O‘zbekistonimiz mustaqilligining 31 yilligi arafasida tumanimizdagi 68-umumtaʼlim maktabining ochilish marosimi tashkil etildi.

Marosimda ishtirok etgan tuman hokimligi masʼullari mamlakatimizda taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritdi.

Ushbu maktab kapital taʼmirdan chiqarildi.

417 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur taʼlim muassasasining zamonaviy ko‘rinishga kelishida 4 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ investitsiya dasturi asosida ajratildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu