Sayt test rejimida ishlamoqda

Darsliklar taʼminoti yuzasidan maxsus bot ishga tushirildi

29-iyul 2022-yil
image

O‘quv yilining boshida maktablarning kontingentidagi o‘zgarishlar, yaʼni bir maktabdan boshqa maktabga o‘tish tufayli o‘quvchi sonining o‘zgarishi, o‘quvchilar taʼlim olib kelgan maktabida ham, kelayotgan maktabida ham o‘quvchilar soni, ayrim holatlarda hattoki taʼlim tilini o‘zgartirishi holatlarini kuzatamiz.

O‘quvchi soni o‘zgarishi (ko‘payishi va kamayishi) maktabda mavjud bo‘lgan darslik fondini ham qayta taqsimlash zaruriyatini yuzaga keltiradi.

Maʼlumki, darsliklar har yili chop etilmaydi va chop etilgan yilda, maktab buyurtmasiga qarab, foydalaniladigan ijara davri uchun maktabda taʼlim oladigan o‘quvchilar soniga hamda taʼlim tiliga qarab taqsimlanadi. Maktab kontingenti o‘zgarishi o‘z-o‘zidan avvaldan o‘quvchi soni o‘zgarishi dinamikasini aniqlash imkoniyati yo‘qligi sababli, yuzaga kelgan yetishmovchilikni bartaraf etish maqsadida boshqa hududda saqlanayotgan darsliklarni qayta taqsimot qilishga va ehtiyoj yuzaga kelgan maktabga yetkazishga olib keladi.

Misol uchun o‘tgan 2021 yilning sentyabrida mamlakatimiz bo‘yicha minglab o‘quvchilarning maktabini o‘zgartirishi sababli shuncha songa mos ravishdagi darsliklarni qayta taqsimlash zaruriyati yuzaga kelgan.

Albatta, yuzaga keladigan vaziyatda xalq taʼlimi vazirligidan boshlab, bevosita hududlarda va maktablarda darslikni taqsimotiga masʼullarning boshqa hudud (maktab)lardan kerak bo‘ladigan darslik komplektlarini yetkazib berishda tezkorlik bilan harakat qilishlari o‘ta muhim.

Shu bilan birga hurmali ota-onalarning ham bevosita Vazirlikning botiga murojaat qilib, muammoli holat bo‘yicha maʼlumot berishlari orqali o‘z farzandlari uchun kerak bo‘ladigan komplektlarni yetkazib berilishida yordam berishlari mumkin.

Buning uchun, maxsus telegramm-botga - @bookedu_bot murojaat yuborishingizni so‘raymiz.

Murojaatda aniq qilib, maktabni, yuzaga kelgan masalani bayon etish so‘raladi.

Shu o‘rinda, ayrim manbalarda 3-, 6-, 7-, 10-sinf yangi darsliklarni o‘quv yili boshidan berilishi yoki berilmasligi bo‘yicha turli talqinlar va fikrlar yuzaga kelganligidan kelib chiqib, bu masalaga ham oydinlik kiritsak. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-134-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026 yillarda Xalq taʼlimini rivojlantirish bo‘yicha Milliy dastur”ga asosan darsliklarni xalqaro ekspertlar ishtirokida yaratish va bosqichma-bosqich joriy etish vazifasi belgilangan.

Farmonga asosan, 2022 yil yakuniga qadar darsliklarni yangilash vazifasi 4 ta sinfni qamrab olishi belgilangan. Bundan tashqari, 2022 yilda ingliz, nemis va rus tillaridan Kembridj, Klett nashriyotlari va Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika universitetining yurtimiz taʼlim tizimi talablariga mos ravishda mahalliylashtirilgan darsliklarini joriy qilish belgilangan.

Hozirga qadar, qator yangi darsliklar maktablarga chop etilib, o‘quvchilar uchun foydalanishga tayyor qilib qo‘yilgan.

Barcha sinf o‘quvchilariga maktab kutubxonasida mavjud tegishli sinf darsliklaridan komplektlarni shakllantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan. Bu borada 6-, 7- va 10-sinf darsliklarini yangilash jarayoni muddati dastlab belgilanganidek yil yakuniga qadar emas, balki oktyabr oyi yakuniga qadar taʼminlanadi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu