Sayt test rejimida ishlamoqda

QISHKI TAʼTIL UZAYTIRILADI

10-yanvar 2022-yil
image

Hurmatli ota-onalar!

Xalq taʼlimi tizimidagi direktor, direktorning oʻquv va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari hamda pedagog-oʻqituvchilarning xalqaro standartlar asosida ishlab chiqarilgan Milliy oʻquv dasturlari asosida malakalarini oshirish kurslarini tashkil etish, shuningdek, oʻquvchi - yoshlar oʻrtasida mavsumiy gripp kasalligining keskin koʻpayishining oldini olish maqsadida xalq taʼlimi vazirligi qishki taʼtil kunlarini 2022-yil 24-yanvarga qadar uzaytirilganini maʼlum qiladi.

Taʼtil kunlari davomida, oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ular uchun onlayn fan olimpiadalar, intellektual oʻyinlar, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan bellashuvlar va turli tanlovlar tashkil etiladi.

Bundan tashqari xalq taʼlimining ijtimoiy tarmoqlari hamda Milliy teleradiokompaniyaning telekanallari orqali turli toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu