Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari Belarusda madaniy hordiq chiqardi

5-sentabr 2022-yil
image

Belarus Respublikasi taʼlim vaziri Igor Karpenkoning taklifiga ko‘ra fan olimpiadalari, sport, sanʼat va IT yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan 25 nafar o‘quvchimiz “Zubryonok” Milliy bolalar taʼlim va sog‘liqni saqlash markazida dam olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Joriy yilning 20-30 avgust kunlari iqtidorli o‘quvchilarimiz belarus va rossiyalik tengdoshlari bilan birga turli madaniy markazlar hamda tarixiy obidalarga sayohat qilishdi. Shu bilan birga kompyuter to‘garaklari, ommaviy tadbirlar, sport musobaqalarida ham faol ishtirok etib, tibbiyot markazida turli tibbiy muolajalar olib qaytishdi.

Xalq taʼlimi vazirligi o‘quvchilarning maroqli hordig‘ini tashkillashtirgani uchun Belarus Respublikasi taʼlim vaziri Igor Karpenko va uning jamoasiga o‘z minnatdorchiligini izhor etadi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu