Sayt test rejimida ishlamoqda

Eng yaxshi nemis tili o‘qituvchilari Germaniyaga jo‘nab ketdi

6-sentabr 2022-yil
image

Xorijiy tillarni ommalashtirish agentligida "Eng yaxshi xorijiy til o‘qituvchisi" Respublika tanlovida g‘olib bo‘lgan nemis tili o‘qituvchilarining Germaniyaning poytaxti Berlin shahriga tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Agentlik direktori Sanjar Obidov va Xalq taʼlimi vazirligi departament direktori Laziz Xo‘jaqulov o‘qituvchilarga bo‘lg‘usi safar bo‘yicha o‘z tavsiya va takliflarini berdi.

Eslatib o‘tamiz, Respublikamizning barcha hududlaridan g‘olib bo‘lgan 14 nafar nemis tili o‘qituvchisi bugun kechda Berlin shahridagi Gyote institutiga ikki haftalik malaka oshirish kurslarida o‘qish uchun jo‘nab ketishadi.

Ushbu malaka oshirish kurslari nemis tilini o‘qitishni innovatsion va o‘quvchilarni qiziqtira oluvchi metodik-didaktik tamoyillarga asoslangan bo‘lib, bu kurslarda shuningdek oflayn va onlayn-darslar uchun interfaol uslublarni o‘qitishga ham qaratilgan.

O‘qituvchilarimizga bexatar safarlar va o‘qishlarida omad tilab qolamiz!

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu