Sayt test rejimida ishlamoqda

OGOH BO‘LING! FIRIBGARLARNING QURBONIGA AYLANMANG!

2-fevral 2022-yil
image

Hurmatli o‘zbek va qardosh tillarda dars beriladigan maktablarda dars beradigan rus tili fani o‘qituvchilari! 

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 19 yanvardagi “Xorijiy tillarni o‘rganishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar xaqida”gi Qaroriga muvofiq, taʼlim tili rus tili bo‘lmagan umumtaʼlim muassasalarida dars berayotgan hamda C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega rus tili fani o‘qituvchilariga 2022 yil 1 fevraldan boshlab 50% ustama olishi belgilangan.

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoq va messenjerlar, xususan Telegram‘dagi “C1 вместе с МГУ” kabi kanallarda rus tili o‘qituvchilaridan 6300 Rossiya rubli evaziga TRKI imtihoni o‘tkazib, TRKI C1 sertifikatini vaʼda qilish hollari uchramoqda va bu xususda rus tili fani o‘qituvchilaridan ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.

Ushbu murojaatlarni o‘rganish maqsadida Xalq taʼlimi vazirligi M.V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universitetining Toshkent shahridagi filiali bilan bog‘langanda bunday tadbirlarga Moskva Davlat Universitining hech qanday aloqasi yo‘qligi va bu maʼlumot yolg‘on ekanligi maʼlum bo‘ldi. Bu haqda Universitet tomonidan rasmiy xat ham yuborilgan.

Shuningdek, Moskva Davlat Universiteti sertifikatsion imtihonlarni o‘zining Toshkent filialida 2022 yilning mart oyidan boshlab o‘tkazishni rejalashtirilganligi bildirilgan.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu