Sayt test rejimida ishlamoqda

Tadbirkorlar homiyligida Tuproqqalʼadagi 3 ta maktabning informatika xonasi taʼmirlanib, kompyuter to‘plamlari sovg‘a qilindi

19-avgust 2022-yil
image

Xorazm viloyati, Tuproqqalʼa tumanida taʼlim sifatini yaxshilash, o‘quvchilarning IT sohasida bilimlarini oshirish maqsadida hududdagi 2-, 4- va 17-maktablarga tadbirkor Sherzod Yusupov va “Bilim Online” nodavlat-notijorat tashkiloti rahbari Sobirjon Mirjalilov homiyligida to‘liq kompyuter to‘plamlari sovg‘a qilindi.

Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan maktablarning informatika xonalari to‘liq taʼmirdan chiqarildi. Devorlariga o‘ziga xos dizayn bilan bezak berilib, konditsionerlar o‘rnatib berildi.

Homiylar ko‘magida o‘quvchi-yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan foydalangan holda darslarini o‘tishi hamda “Khan Academy O‘zbek” onlayn darslaridan qiyinchiliksiz foydalanishlari uchun qulay sharoitlar yaratib berildi.

Xalq taʼlimi vazirligi mana shunday tashabbuskor, maktabdan o‘z eʼtibori va ko‘magini ayamaydigan tadbirkorlar hamda ota-onalarga samimiy minnatdorlik bildiradi.

info@xtv.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu