Sayt test rejimida ishlamoqda

Ustozlar Milliy forumi — yangi o‘quv yiliga o‘zgacha ruh va yangi formatdagi tayyorgarlik!

5-avgust 2022-yil
image

- AKT vositasida o‘qitish va o‘rganish;

- O‘quvchilarga yo‘naltirilgan taʼlim yondashuvi;

- Professional muloqot;

- Formativ fikr-mulohazalar va baholash;

- Ijodiy va tanqidiy fikrlash;

Bu masalalarning barchasi Ustozlar Milliy forumida muhokama etiladi.

Joriy yilning 10-11 avgust kunlari Xalq taʼlimi vazirligi va YUNESKO xalqaro tashkiloti tomonidan Respublikamizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan metodist va maktab direktorlari uchun fanlar kesimida tashkil qilingan 9 ta sho‘bada mahalliy va xorijiy trenerlar ishtirokida o‘quvlar tashkil qilinadi.

Hurmatli ustozlar, yangiliklarga tayyor turing! Hademay ushbu forum sizning hududingizga yetib boradi.

Seminar 16-18 avgust kunlari viloyatlarda, 23-25 avgust kunlari shahar va tumanlarda, 27-29 avgust kunlari umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida pedagogik kengashlar tarzida o‘tkaziladi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu