Sayt test rejimida ishlamoqda

Taʼlim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini kuchaytirish masalasi muhokama etildi

3-avgust 2022-yil
image

Xabaringiz bor, Xalq taʼlimi vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, joriy yilda xalqaro auditorlik konsalting kompaniyasi KPMG ekspertlari bilan hamkorlikda BMT Taraqqiyot Dasturining "O‘zbekistonda samarali, hisob beruvchi va shaffof boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish" loyihasi bo‘yicha o‘quv-seminari o‘tkazilgan edi. 

Bugun Xalq taʼlimi vaziri o‘rinbosari Temur Komilov, vazirlik masʼul xodimlari hamda KPMG auditorlik kompaniyasining xorijiy ekspertlari ishtirokida Xalq taʼlimi vazirligida xalqaro standartlarga muvofiq korrupsiyaga qarshi komplayens tizimlarini tashkil etish hamda joriy qilish masalasi va yuqorida qayd etilgan  loyihaning 3-bosqich yakuni muhokama etildi.   

Shuningdek,  “Xalq taʼlimi tizimida va taʼlim muassasalarida korrupsiyaga qarshi taʼlim va halollik tizimini kuchaytirish” loyihasini yo‘lga qo‘yishda tegishli davlat idoralari va KPMG auditorlik kompaniyasining xorijiy ekspertlarini jalb qilgan holda xalqaro standartlar asosida yana-da takomillashtirib borish belgilab olindi.

info@xtv.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu