Sayt test rejimida ishlamoqda

"BARKAMOL AVLOD" BOLALAR MAKTABLARI O‘QUVCHILARI ITALIYA, ROSSIYA, TURKIYA, OZARBAYJON, QOZOG‘ISTONDA BO‘LIB O‘TGAN XALQARO TANLOVLARDA FAXRLI O‘RINLARNI EGALLAMOQDA

10-iyun 2022-yil
image

Yozgi taʼtil davrida maktabdan tashqari taʼlim tizimini yana-da takomillashtirish, yoshlar taʼlim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish maqsadida respublikamizda «Barkamol avlod» bolalar maktablari faoliyat olib bormoqda. Eʼtiborli jihati, barcha tumanlardagi «Barkamol avlod» bolalar maktabida o‘quvchilar vaqtlarini mazmunli o‘tkazmoqda.

photo2022-06-1016-20-21.jpg

Jumladan, Yunusobod hamda Yakkasaroy tumani «Barkamol avlod» bolalar maktabida malakali to‘garak rahbarlari tomonidan mashg‘ulotlar tashkil etilgan. Birgina Yunusobod tumani «Barkamol avlod» bolalar maktabida ayni vaqtda 1000 nafarga yaqin o‘g‘il-qiz robototexnika, mexatronika, injenerlik, mental arifmetika, sanʼat, art dizayn, axborot texnologiyalari, Java, Scratch, 3D dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha bilimini boyitmoqda.

photo2022-06-1016-26-33-2.jpg

- Maskanimizga Toshkent viloyatidagi maktab o‘quvchilari ham kelib, qirqqa yaqin to‘garaklarga qatnashadi,- deydi Yunusobod tumani «Barkamol avlod» bolalar maktabi direktori  Nargiza Ishanxojayeva. - Muassasamiz o‘quvchilari turli xalqaro ko‘rik-tanlovlarda faxrli o‘rinlarni olib kelmoqda. So‘nggi yutuqlarimizdan biri - o‘quvchimiz  Muslima O‘tkurova Rossiyada o‘tkazilgan xalqaro tanlovda kashtachilik bo‘yicha ishtirok etib, 1-o‘rinni egalladi.

photo2022-06-1016-20-22.jpg

photo2022-06-1016-26-35-2.jpg

Yakkasaroy tumani «Barkamol avlod» bolalar maktabida ham 1000 nafardan ortiq bolalarning ehtiyoj va qiziqishlariga asosida to‘garaklar tashkil etilgan. “Bahor” bolalar milliy raqs to‘garagi, «Sharq yulduzlari» to‘garagi aʼzolari turli xalqaro tanlovlarda, jumladan Italiya, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan tanlovlarda 1-2-3-o‘rinlarga munosib deb topilgan. 

photo2022-06-1016-26-31-2.jpg

Quvonarlisi, mazkur muassasada 6 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan qizlar milliy va zamonaviy raqs, badiiy to‘qish, kashtachilik, munchoqli bezak, libos dizayni to‘garaklariga, o‘g‘il bolalar esa doira, yosh dasturchi, robototexnika, shaxmat, mayda plastika, kulolchilik kabi ko‘plab to‘garaklarga qiziqib qatnashmoqda. Til o‘rganishga ishtiyoqi baland o‘quvchilar esa rus va ingliz tili to‘garaklarida o‘z bilimini oshirib, yozgi taʼtilini maroqli o‘tkazmoqda.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu