Sayt test rejimida ishlamoqda

YOZ-2022 MAVSUMI TADBIRLARIGA 1,2 MLN.DAN ORTIQ BOLALAR QAMRAB OLINADI

9-iyun 2022-yil
image

Joriy yilgi mavsumda jami 1 131 ta oromgoh (205 ta statsionar va 926 ta sog‘lomlashtirish maydonchalari) faoliyat ko‘rsatib, ularda 297 441 nafardan ziyod bolalar dam oldirilishi rejalashtirilgan.

Shundan, 148 651 nafar bola statsionar oromgohlarda, 148 709 nafar bola esa sog‘lomlashtirish maydonchalariga jalb etilishi belgilangan.

Shundan, Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi 48 ta oromgohga 18 967 nafar bolalar dam oldiriladi.

Mavsum davomida bolalarni oromgohlarda dam oldirish va sog‘lomlashtirish tadbirlari uchun jami 100 mlrd. so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltiriladi.

 Bolalarning mazmunli dam olishini tashkil etish maqsadida Xalq taʼlimi vazirligi huzurida “Yoz-2022” shtabi tashkil etildi.

Bunda oromgohlarning 9 260 nafar rahbar, pedagog hamda to‘garak rahbarlari uchun uslubiy qo‘llanmalarning elektron shakllari tayyorlanib, barcha hududlarga yetkazildi.

Yoz mavsumida pedagog xodimlarning belgilangan tartib asosida ish olib borishlari uchun namunaviy ish rejasi tayyorlandi.

 

 

205 ta statsionar oromgohlarda faoliyat yuritish uchun jami 4 683 nafar pedagog kadrlar ro‘yxati shakllantirildi va ushbu kadrlar maxsus o‘quv dasturlar asosida o‘qitildi.

Oromgohlarga 123 ming dona bolalar adabiyotlari yetkazib berildi va kitob.uz platformasidan adabiyotlarning elektronva audio shakllaridan foydalanish bo‘yicha sharoitlar yaratildi.

Joriy yilning 8 iyun holatiga 533 ta taʼlim muassasasida sog‘lomlashtirish maydonchalari tashkil etilgan bo‘lib, ularda 47 840 nafar bolalar dam oldirilmoqda.

Sog‘lomlashtirish maydonchalarda o‘quvchilarning yozgi taʼtilini maroqli tashkil etish uchun:

- 5 278 nafar mehnat taʼtilida bo‘lmagan pedagog va xodimlar jalb qilingan. Ularda turli rivojlantiruvchi kompyuter o‘yinlari, tasviriy sanʼat, mental arifmetika kabi to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi;

kinozallar tashkil etilib, bolalarga mo‘ljallangan eng qiziqarli kino va multfilmlar namoyish etilmoqda;

5 ta muhim tashabbus doirasida ko‘rik-tanlov, festival va tadbirlar o‘tkazilmoqda;

- bolalar uchun sunʼiy suzish havzalari ham tashkil etilgan.

 Bundan tashqari Yoz mavsumida 5 ta muhim tashabbus doirasida 20 dan ortiq ko‘rik-tanlov, festival va sport musobaqalari o‘tkazilib, ularga 1,2 mln. nafardan ortiq o‘quvchilarni jalb etish ko‘zda tutilgan.

Bolalarning intellektual, maʼnaviy va axloqiy kamol topishi uchun “Bolalar kutubxonasi” tomonidan:

 “Kitobxonlar ligasi”, “Men eshitgan ertaklar”, “Ijodkor bolalar” festivali, “Yil hikoyasi”, “Yilning eng isteʼdodli yosh shoiri”, “Eng isteʼdodli kitobxon”, "Yoz mavsumining eng yaxshi kitobsevar bilimdoni”, “Mustaqillik madhi” kabi 10 dan ortiq ko‘rik-tanlovlar tashkil etilib, ularga 100 mingdan ortiq o‘quvchilarni qamrab olish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati tomonidan:

“5 tashabbus – sport bilan” shiori ostida stritbol sport turidan musobaqa, “Kurash – milliy g‘ururimiz” shiori ostida sportning kurash turidan birinchilik, “Quvnoq startlar” sport musobaqalari tashkil etiladi.

 217 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablari va 13 ta “Bolalar kutubxonalari”ning faoliyati alohida reja asosida yo‘lga qo‘yilmoqda.

 Jumladan “Barkamol avlod” bolalar maktablarida mavsum davomida bolalarga maktabdan tashqari qo‘shimcha taʼlim berish jarayonini innovatsion metodlardan foydalangan holda tashkil etish uchun 7 yo‘nalish 65 nomdagi  to‘garaklar uchun 78 soatlik o‘quv dasturlari ishlab chiqilgan.

 Xususan, Hunarmandchilik va qo‘l mehnati yo‘nalishi bo‘yicha (“Yosh qandolatchi”, «Kviling», “Bichish-tikish”, “Mayda plastika”, “Yosh duradgor”, “Yog‘och o‘ymakorligi”, “Kulolchilik”, “Sharq miniatyurasi”, “Yumshoq o‘yinchoqlar”, “Munchoqli bezak”, “To‘qish”, “Kashtachilik”, “Yosh pazanda”, “Yosh qandolatchi”) Jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishi bo‘yicha ( “Shaxmat va shashka”, “Badiiy gimnastika”, “Badminton”, “Stol tennisi”) Madaniyat va sanʼat yo‘nalishi bo‘yicha (“Tasviriy sanʼat”,“Liboslar dizayni”,“Jahon raqslari” “Milliy raqs”, “Vitraj”, “Qo‘g‘irchoq teatri”, “Rejissyorlik, jurnalistika va notiqlik”, “Teatr olamiga sayohat”), Texnika, konstruktorlik va modellashtirish yo‘nalishi bo‘yicha («Avtomodel», “Kubik rubik”, «Aviamodel», “ Radiotexnika, elektronika va aloqa”, “Robototexnika va konstruktorlik”, “Kompyuter muhandisi”, “Yosh fotohavaskor”, “Yosh arxitektor”, “Yosh kino-videohavaskor”, “Foto va kompyuter dizayneri”, “Kompyuter laboratoriyasi”, “Kompyuter dizayn va grafikasi”, “Yosh dasturchi, Ssratch, Python”) Oliy taʼlim muassasalari va maktabga tayyorlov yo‘nalishi bo‘yicha (“Fizika”, “Biologiya”, “Kimyo”, “mental arifmetika”) Turizm va ekologiya yo‘nalishi bo‘yicha (“Velo va piyoda sayyoh”, “Yosh ekolog va tabiatshunos”, “Oila hamshirasi”, “Floristika va fauna”, «Karving», “Landshaft dizayn”, “Ekodizayn va interyer”, “Atrof-muhit muhandisi”) Xorijiy tillar yo‘nalishi bo‘yicha (“Ingliz tili” va “Rus tili”) kabi bir qator o‘quv dasturlari ishlab chiqildi.

Bundan tashqari bolalarni yoz mavsumida bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularga yaxshi kayfiyat ulashish maqsadida joriy yilning iyun-avgust oylari davomida “Barkamol avlod” bolalar maktablarida “Taʼtil __ BARKAMOL bilan” shiori ostida ko‘rik-tanlov va musobaqalar bo‘lib o‘tadi.

 Bunga asosan,

Iyun oyi – “Madaniyat va sanʼat” oyligi, Iyul oyi – “Jismoniy tarbiya va sport” oyligi, Avgust oyi – “Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” oyligi deb eʼlon qilindi.

 "Taʼtil - BARKAMOL bilan" shiori ostida tashkil etilayotgan tanlov va musobaqalarda belgilangan to‘garaklarga o‘quvchilarni qiziqishini yana-da oshirish maqsadida, professional mutaxassislar ishtirokida davra suhbati, treninglar, mahorat-darslari hamda ko‘rik-tanlovlarni tashkil etish nazarda tutiladi.

 Maʼlumot uchun: Bugungi kunda xalq taʼlimi tizimida 217 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablari mavjud bo‘lib, ulardagi mavjud 9033 ta to‘garaklarga 260 ming nafardan ortiq o‘quvchi-yoshlar jalb qilingan.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu