Sayt test rejimida ishlamoqda

INGLIZ TILINI O‘QITISH MAVZUSI BESH KUN DAVOMIDA MUTAXASSISLAR DIQQAT MARKAZIDA BO‘LADI

7-iyun 2022-yil
image

O‘zbekiston barkamollik uchun taʼlim dasturi doirasida “Ingliz tilini xorijiy til sifatida o‘qitish va o‘rganish resurslari: hamkorlik, bilim va tajribalarni o‘rganish va baholash” mavzusida besh kunlik seminar o‘z ishini boshladi.

Mazkur treningning ochilish marosimida Florida davlat universitetidan trenerlar, AQSH Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID), Xalq taʼlimi vazirligi hamda Respublika taʼlim markazidan rasmiylar qatnashdi.

Florida davlat universiteti mutaxassislari dastur boshlanganidan beri ilk marotaba O‘zbekistonga tashrif buyurishdi va mahalliy dastur hamkorlari, o‘qituvchilar, taqriz guruhi aʼzolari hamda o‘quv metodik majmualar yaratilish jarayonida qatnashgan mutaxassislar bilan yuzma-yuz ko‘rishdi.

photo2022-06-0716-32-56-2.jpgUshbu kunlar davomida seminarda o‘quv-metodik majmualar ishlab chiqish jarayoni, bolalar uchun qiziqarli va pedagogik jihatdan mos bo‘lgan kontentning nozik jihatlari, dizayn sirlari va boshqa ko‘plab mavzularga eʼtibor qaratiladi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu