Sayt test rejimida ishlamoqda

TOSHKENT VILOYATI MAKTABLARIDAGI TAʼLIM SIFATI TANQIDIY-TAHLILIY MUHOKAMA QILINDI

3-iyun 2022-yil
image

Joriy yil 2 iyun kuni Xalq taʼlimi vazirligida Toshkent viloyati tuman va shahar xalq taʼlimi bo‘limi mudirlari bilan o‘quv yili yakunlari hamda 2022 yil yakuniga qadar tizimda amalga oshiriladigan vazifalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda bugungi kunda Toshkent viloyatining imkoniyati va salohiyatidan taʼlim sohasida foydalanishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgani, xususan, taʼlim sifati va maktabdagi maʼnaviy muhit milliy reytinglarda viloyat respublikada eng so‘nggi o‘rinlarni qayd etayotganligi achinarli ekanligi qayd etildi.

Tuman mudirlariga ularning shu hudud maktablarining maʼnaviy-maʼrifiy muhiti, o‘quvchilar, pedagoglar jamoasiga maʼsul ekanliklari, ular tomonidan maktab dahlsizligini taʼminlagan holda taʼlim muassasani turli bosimlardan himoya qilishlari zarurligi aytildi.

Viloyat xalq taʼlimi bo‘limi rahbarlariga ushbu hudud hokimi bilan birgalikda maktablarga ko‘proq eʼtibor qaratilishi, hokimlarning taʼlimga munosabatini o‘zgartirish hudud xalq taʼlimi rahbarlariga bevosita bog‘liqligi hamda bu borada ishlarni jadallashtirish zarurati tushuntirildi.

Uchrashuvda shuningdek, 132 ta maktab zamonaviy kompyuter-texnikasi, 344 ta komplekt partalar bilan taʼminlanishi lozimligiga qaramay ahvol hali hamon o‘nglanmayotganligi, viloyatda mavjud 121 ta taʼlim sifati past bo‘lgan maktablarga yangicha yondoshuv bilan eʼtibor qaratish zarurligi taʼkidlandi.

13.jpg

Hududdagi taʼlim darajasi yuqori maktablarning direktorlarini rotatsiya qilish orqali taʼlim sifati past maktablarni ko‘tarish imkoniyatini ko‘rib chiqish taklifi bildirildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu