Sayt test rejimida ishlamoqda

NAVBATDAGI DZYUDO SPORT SAROYI NAMANGAN VILOYATIDA OCHILDI

31-may 2022-yil
image

Davlatobod tumanidagi 52-sonli maktabda zamonaviy Dzyudo sport zali foydalanishga topshirildi. Tantanali ochilish tadbirida Xalq talimi vaziri Baxtiyor Saidov, Dzyudo federatsiyasi rahbari, Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari, maktab pedagogik jamoasi va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

photo2022-05-3121-05-47.jpg

Endilikda ushbu sport zalda nafaqat dzyudo, balki gimnastika, kurash kabi sportning boshqa turlari bilan ham shug‘ullanish imkoniyati yaratildi. Ushbu sport majmuasi faoliyati orqali kelajakda jahon chempionlari, olimpiada sovrindorlarini yetishtirib chiqarish maqsadi qo‘yilgan.

photo2022-05-3121-05-34.jpg

photo2022-05-3121-05-36.jpg

Shu yerning o‘zida maktabning 5 ta tashabbus doirasida to‘garak aʼzolarining ijodiy ishlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Bitiruvchi sinf o‘quvchilari va “Zakovat” klubi aʼzolari bilan muloqot qilindi. O‘quvchilar bilan kelajakda egallaydigan kasblari haqida suxbatlashilib, mamlakat taraqqiyoti va farovon hayotga erishishda to‘g‘ri kasb tanlash va bu orqali jamiyatimiz va iqtisodiyotimizning sohalari rivojiga hissa qo‘shish imkoniyatlari xususida so‘z bordi.

photo2022-05-3121-05-43.jpg

“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan 5 nafar o‘quvchiga planshet taqdim qilindi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu