Sayt test rejimida ishlamoqda

QARSHI SHAHRIDAGI TAʼLIM MUASSASALARIDA MAVJUD KAMCHILIKLARNI BARTARAF ETISH MAQSADIDA O‘RGANISH OLIB BORILDI

27-may 2022-yil
image

Ayni paytda Qashqadaryoda bo‘lib turgan Xalq taʼlimi vazirligi mutasaddilari Qarshi shahridagi 25-sonli maktab hamda viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi faoliyati bilan tanishdi.

photo2022-05-2721-45-27.jpg

1096 o‘ringa mo‘ljallangan 25-sonli maktabda qariyb 1000 nafar o‘quvchi taʼlim olmoqda. Mazkur maktab 1987 yilda barpo etilgan, ayni vaqtda mukammal taʼmirga muhtoj, shu bois, kelgusi 2023 yilda Dasturga kiritgan holda taʼmirlanib, o‘quvchilarga munosib sharoit yaratiladigan bo‘ldi.

Shu yerning o‘zida Qarshi shahar xalq taʼlimi bo‘limi mudiri va maktab rahbariga taʼlimi sohasidagi ijobiy o‘zgarishlarga erishishda, ertangi kelajak avlodni maʼnaviy yetuk shaxs sifatida tarbiyalashda, to‘g‘ri kasblarni tanlash orqali farovon hayotga erishishda, umuman olganda mamlakat taraqqiyotida maktabning o‘rni, pedagoglarning masʼuliyati tushuntirilib, aniq vazifalar belgilab berildi.

photo2022-05-2721-45-25.jpg

Davlat Rahbarining shu yili aprel oyida viloyatga tashrifi davomida berilgan topshiriqqa asosan viloyat hokimligi tomonidan mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan “Barkamol avlod” bolalar maktabi uchun bino ajratish va taʼmirlash vazifasi belgilab qo‘yilgan.

photo2022-05-2722-15-16.jpg

“Barkamol avlod” bolalar maktabi rahbariga yaqinlashib kelayotgan yozgi taʼtil davrida alohida reja ishlab chiqqan xolda bolalarni to‘garaklarga qamrovini oshirish yuzasidan topshiriq berildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu