Sayt test rejimida ishlamoqda

"YORK PRESS" NASHRIYOTI BILAN SHARTNOMA IMZOLANDI

25-may 2022-yil
image

Britaniyada bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon taʼlim forumi doirasida Xalq taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev "York Press" nashriyoti bilan hamkorlik bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Avval xabar berganimizdek, Xalq taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari "York Press" nashriyoti mutaxassislari bilan xalqaro miqyosda tan olingan zamonaviy darsliklarni yaratish, ularni O‘zbekistonga moslashtirish kabi masalalarni muhokama qilgan edi. 

Shartnomaga asosan, "York Press" nashriyoti aniq va tabiiy fanlarga oid eng yetakchi darsliklarni Xalq taʼlimi vazirligiga taqdim etib borishi belgilandi. 

Shuningdek, "York Press" nashriyoti Xalq taʼlimi vazirligiga  biznes tadbirkorlik va sog‘lom turmush tarzini yuritish bo‘yicha maktab yoshidagi bolalarga to‘g‘ri keladigan qo‘llanmalarni taqdim etishini bildirdi.

Bundan tashqari, chet tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish uchun "National Geographic Learning" kurslaridan onlayn foydalanish imkoniyati yaratiladi. 

photo2022-05-2421-58-40.jpg

Uchrashuv yakunida Xalq taʼlimi vazirligi va "York Press" nashriyoti tomonidan kelgusidagi hamkorlik ishlari hamda darsliklarni yaratishga oid masalalarni ham ko‘rib chiqilishi rejaga kiritildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu