Sayt test rejimida ishlamoqda

BAXTIYOR SAIDOV XORAZMNING ENG OLIS HUDUDIDAGI MAKTABNING PEDAGOGLARGA MAVJUD EHTIYOJINI TOʻLDIRISH YUZASIDAN YECHIM TAKLIF QILDI

2-dekabr 2021-yil
image

Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidovning xalq taʼlimi tizimidagi muammolarni aniqlash va kelgusi rejalarni tuzish borasidagi hududlardagi oʻrganish ishlari Xorazmning eng olis hududi boʻlgan Tuproqqalʼada davom etdi.

Tumanning eng chekka Hazorasp qishlogʻida joylashgan 400 oʻringa moʻljallangan 12-umumtaʼlim maktabida bugungi kunda 187 nafar bola tahsil oladi.

photo2021-12-0218-57-58.jpg

Pedagoglar jamoasi bilan suhbatda maktabda mavjud muammolar, fan pedagoglariga mavjud ehtiyojlar xususida soʻz bordi hamda taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflari tinglandi. Maktab olis hududda joylashgani bois oʻquvchilarni boshqa hudud maktablariga olib borish, oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish boʻyicha takliflar ilgari surildi.

photo2021-12-0218-58-03.jpg

Oʻquvchilarning zamonaviy taʼlim olishlari uchun esa vazir maktabga  elektron doska va 100 dan ortiq darslardan iborat video-kontent sovgʻa qildi.

A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti direktori Ayubxon Radjiyevga maktab oʻqituvchilarining 7 ta asosiy fandan malaka oshirish kurslarini tashkil qilish, maktabga viloyatning eng mahoratli oʻqituvchilarini jalb qilgan holda oʻqituvchilarning malakasini oshirish topshirildi.

photo2021-12-0218-31-30.jpg

 

Maktabni kelgusi yil investitsiya dasturiga kiritib, mukammal taʼmirlash boʻyicha vazifalar belgilandi.

.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu