Sayt test rejimida ishlamoqda

HURMATLI OAV VAKILLARI JURNALISTLAR VA BLOGERLAR!

30-noyabr 2021-yil
image

Xalq taʼlimi vazirligi Sizlarni “Ochiq eshiklar kuni”ga taklif qiladi

“9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi hamkorlikda “Ochiq eshiklar kuni”ni oʻtkazadi.

Xalq taʼlimi vazirligi mutasaddilari tomonidan quyidagi mavzularda maʼlumotlar taqdim etiladi:

✅moliyaviy xato va kamchiliklar profilaktikasini taʼminlash;

✅korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida aniqlangan xato va kamchiliklar;

✅xalq tizimidagi faoliyat jarayonlarini ochiqligini taʼminlash.

Tadbir ishtirokchilari mavzu yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin.

Tadbir oʻtkazilish joyi: Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 2A uy (Xalq taʼlimi vazirligi binosi).

Oʻtkazish vaqti: 2021-yil 1-dekabr soat 10:00 da.

.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu