Sayt test rejimida ishlamoqda

YAKKASAROY TUMANIDA “BARKAMOL AVLOD” BOLALAR MAKTABI QAYTA TA’MIRDAN CHIQARILIB, YANGIDAN OCHILDI!

14-dekabr 2021-yil
image

Joriy yilning 13-dekabr kuni Yakkasaroy tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov, Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Sardor Abdullayev, Yakkasaroy tuman hokimi Anvar Sayfutdinov ishtirok etishdi.

1000 nafar yoshlarga xizmat qilishga mo‘ljallangan mazkur zamonaviy maktabda:

“Dasturlash”;

“Robototexnika”;

“Muhandislik”;

“STEAM fizika”;

“Madaniyat va san’at”;

“Hunarmandchilik va qo‘l mehnati”;

“Xorijiy tillar” va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

photo2021-12-1315-31-43.jpg

Ma'lumot uchun:

Maktab binosi joriy yil davomida Yakkasaroy tumani hokimiligi tomonidan ajratilgan 1,7 mlrd. mablag‘lari hisobidan mukammal ta'mirlandi hamda IT-Park tomonidan 4ta o‘quv xonasi dasturlash va robototexnika to‘garaklarni yo‘lga qo‘yish uchun to‘liq jihozlandi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu