Sayt test rejimida ishlamoqda

ROSSIYANING PUSHKIN NOMIDAGI RUS TILI DAVLAT INSTITUTI VA XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI OʻZBEKISTONDAGI RUS TILI OʻQITUVCHILARI MALAKASINI OSHIRISHNING SAMARALI TIZIMINI YARATADI

17-noyabr 2021-yil
image

Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi hamda A.S.Pushkin nomidagi rus tili davlat instituti rus tili fani oʻqituvchilari malakasini baholash va oshirishning samarali tizimini yaratadi.

Moskvada boʻlib oʻtgan ikkinchi Rossiya-Oʻzbekiston taʼlim forumida bu haqda memorandum imzolandi. Unga koʻra, A.S.Pushkin nomidagi rus tili davlat instituti mutaxassislari Oʻzbekistondagi rus tili oʻqituvchilarining kasbiy malakalarini sinovdan oʻtkazadi.

Test sinovi oʻzbekistonlik oʻqituvchilarning pedagogik mahoratini baholashga qaratilgan. Sinov natijalari oʻqituvchilarning kompetensiyalari - darslarni qanday rejalashtirish va oʻqitish, guruh ichidagi aloqalarni boshqarish uchun qanday usullardan foydalanish, lingvistik va uslubiy asoslar haqida batafsil maʼlumot toʻplash imkonini beradi.

Test xalqaro test tizimlari tamoyillarini - haqqoniylik, ishonchlilik, shuningdek rus tilini chet tili sifatida oʻqitish boʻyicha rus metodologiyasining asosiy asoslarini birlashtiradi. Kelgusida test sinovlari oʻqitishning yagona standartini shakllantirishning asosiy elementlaridan biriga, shuningdek, Oʻzbekistonda rus tili fani oʻqituvchilari malakasini oshirish tizimining asosiy vositasiga aylanadi.

Hamkorlik natijasida kelgusida professor-oʻqituvchilar malakasini oshirishning samarali tizimini ishlab chiqiladi. Yangi standartlar oʻqituvchilar malakasini oshirishning samarali usullariga oʻtish imkonini beradi.

Eslatib oʻtamiz, 2013-yildan buyon A.S.Pushkin nomidagi rus tili davlat instituti rus tilini oʻqitish boʻyicha MDH davlatlarining asosiy tashkiloti hisoblanadi. Rossiya oliy oʻquv yurtlari orasida rus tilini chet tili sifatidagi yoʻnalishda ham yetakchi oʻrinni egallaydi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu