Sayt test rejimida ishlamoqda

“ZAMONAVIY MAKTAB” YANGI LOYIHASI ASOSIDA QURILGAN ILK 1320 OʻRINLI MAKTAB FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

10-noyabr 2021-yil
image

Joriy yilning 10-noyabr kuni poytaxtimizning Yashnobod tumanida “Zamonaviy maktab” talablari asosida barpo etilgan 1320 oʻquvchi oʻrniga moʻljallangan 339-maktabning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

photo2021-11-1013-37-56.jpg

Tadbirda Xalq taʼlimi vazirligi mutasaddilari, taʼlim muassasasi jamoasi, tadbirga taklif etilgan mehmonlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

“Olmos” mahallasida zamonaviy turar-joy majmualari qurilgandan soʻng mazkur mahallada maktabga katta ehtiyoj paydo boʻldi. Oʻquvchilar tumandagi 23, 255, 282-maktablarga borib oʻqigani bois oʻquvchilar soni keskin oshishiga sabab boʻldi. Yangi maktabning ochilishi esa yaqin hududda joylashgan maktablarda ham navbatlilik koeffitsiyentining pasayishiga olib keladi.

photo2021-11-1013-38-13.jpg

Bugungi ochilayotgan maktab binosi “Zamonaviy maktab” loyihasi asosida barpo etilgan, 1320 oʻringa moʻljallangan va barcha qulay sharoitlarga ega. Oʻquv binosidan tashqari zamonaviy sport maydonlari ham qurildi.

photo2021-11-1013-38-17.jpg

Keyingi yillarda maktablarning shaklini oʻzgartirish va zamonaviy qiyofaga keltirish uchun alohida eʼtibor qaratilmoqda. Toshkent shahrida bir yilning oʻzida 205 ta (65%) maktabda taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. Eng quvonarlisi, shu yilning oʻzida Toshkent shahrida yangidan 4 ta maktab qurildi.

photo2021-11-1013-38-01.jpg

photo2021-11-1013-38-41.jpg

Maʼlumot uchun 2021-yilda 205 ta (64 foiz) maktablarda taʼmirlash ishlari amalga oshirildi, jumladan, 21 ta maktabda Investitsiya, 8 ta maktabda “Obod mahalla” dasturi asosida, 176 ta maktab yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida (saylov obyekti) joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu