Sayt test rejimida ishlamoqda

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI, O‘RMON XO‘JALIGI DAVLAT QO‘MITASI, TOSHKENT XALQARO TA’LIM UNIVERSITETI HAMDA TADBIRKOR MUROD NAZAROV KOMPANIYALARI JAMOALARI TOMONIDAN “ZIYO DUNYOSI BOGʻI” YARATILISHI BOSHLANDI

10-noyabr 2021-yil
image

Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yurtimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi e’lon qilindi.

Shu munosabat bilan bugun Toshkent shahridagi 255-sonli umumta’lim maktabi hududida Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, Murad Buildings va qator qurilish kompaniyalari asoschisi, tadbirkor Murod Nazarov, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Toshkent xalqaro ta’lim universiteti rektori Sarvar Boboxo‘jayevlar hamkorligida “Ziyo dunyosi bog‘i”ning ilk ko‘chatlari o‘tkazildi.

4o9a8684-2.jpg

Mazkur tashabbus doirasida 13 noyabr (shanba) kuni  barcha ekishga imkoniyati bor maktablar hududida “Maktabni yashil maskanga aylantiramiz” shiori ostida ommaviy daraxt ekish tadbirlari o‘tkaziladi. "Mening birinchi niholim" nomi bilan ekilgan daraxtga ramziy ma’noda o‘quvchilarning ismi shariflari yozib qo‘yiladi.

4o9a8641.jpg

Xalq ta’limi vazirligi so‘nggi kunlarda yurtimizda kuzatilgan ob-havodagi o‘zgarishlar mazkur aksiyaning yuksak ahamiyatini ko‘rsatganligini inobatga olgan holda barcha o‘quvchilar, ota-onalar, soha xodimlarini “Yashil makon” loyihasida faol ishtirok etishga chorlab qoladi! Bizning “Ziyo dunyosi bog‘i”ning yaralishiga hissa qo‘shish istagida bo‘lganlar uchun esa shunday imkoniyat mavjud.

 #yashil_makon #яхшидан_боғ_қолади

 

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu