Sayt test rejimida ishlamoqda

11-OKTYABR – “XALQARO QIZLAR KUNI”

11-oktabr 2021-yil
image

Bugun 11-oktyabr butun dunyo eʼtiborini qizlarning kamsitilishi, ularning ijtimoiy muammolariga qaratish maqsadida Xalqaro qizlar kuni (International day of the Girl Child) nishonlanadi.

YUNESKO maʼlumotlariga koʻra, 1995-yildan buyon butun dunyoda qizlarni maktabga qamrovi darajasi 73% dan 89% gacha oshgan, bugungi kunda universitetlarga qizlar yigirma yil avvalgi bilan taqqoslaganda uch barobar koʻp oʻqishga kirmoqda.

Qizlaringizning taʼlim olishiga eʼtibor qarating, imkon bering, sarmoya kiriting. Zero, “Bitta oʻgʻil bolani oʻqitsangiz bir insonga taʼlim bergan boʻlasiz, bitta qiz bolani oʻqitsangiz, butun millatga taʼlim-tarbiya bergan boʻlasiz".

2021-yil ushbu sanada qizlarga raqamli texnologiya yaratuvchilari sifatida eʼtibor qaratilmoqda va “Raqamli avlod. Bizning avlod" mavzusida keng nishonlanmoqda.

Bugun yurtimiz maktablarida 3 milliondan ortiq qiz bola tahsil oladi, Xalq taʼlimi vazirligi fursatdan foydalanib barcha qizlarni mazkur sana bilan muborakbod etadi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu