Sayt test rejimida ishlamoqda

2022-2023 O‘QUV YILIDAN BOSHLAB MAKTAB O‘QUVCHILARI KAMIDA BITTA KASBGA O‘QITILADI

20-may 2022-yil
image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarda xalq taʼlimini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”dagi Farmoni, “Xalq taʼlimini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq o‘quvchilarning qiziqishi va qobiliyatlarini aniqlash bo‘yicha yagona elektron platforma yaratiladi hamda har bir 5-11-sinf o‘quvchisi uchun elektron “Ish daftari” joriy etiladi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarda xalq taʼlimini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”dagi Farmoni, “Xalq taʼlimini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq o‘quvchilarning qiziqishi va qobiliyatlarini aniqlash bo‘yicha yagona elektron platforma yaratiladi hamda har bir 5-11-sinf o‘quvchisi uchun elektron “Ish daftari” joriy etiladi.

dsc175114.jpg

Shuningdek, o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda ular kasbga yo‘naltiriladi va o‘qitiladi.

O‘quvchilarni kasb-hunarga tayyorlash 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab 9-11-sinflarda, 2023-2024 o‘quv yilidan esa 11-sinf o‘quvchilarida  tashkil etiladi.

dsc198115.jpg

Shu maqsadda 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab, umumtaʼlim maktablarining 10- va 11-sinf o‘quvchilariga "Ishga marhamat" monomarkazlari, kasb-hunarga o‘qitish markazlari, mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlari, qisqa muddatli kurslar ochilgan taʼlim muassasalarida kasb o‘rgatiladi.

dsc1874.jpg

Ayni vaqtda hududlardagi o‘sish nuqtalari (“drayver” sohalari), mehnat bozoridagi ishchi kasblarga bo‘lgan ehtiyojlardan kelib chiqib, umumtaʼlim maktab o‘quvchilarini o‘qitishga ehtiyoj mavjud bo‘lgan 62 ta kasblar ro‘yxati shakllantirildi hamda Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi bilan hamkorlikda 62 ta kasblar ro‘yxati asosida kasb-hunarga tayyorlashga qo‘yiladigan malaka talablari, o‘quv-metodik hujjatlari, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari ishlab chiqilmoqda.

 

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu