Sayt test rejimida ishlamoqda

XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI "MAKTABLARNI YASHIL MASKANGA AYLANTIRAMIZ" AKTSIYASINI E'LON QILADI

9-oktabr 2021-yil
image

Xalq ta'limi vazirligi yurtimizda e'lon qilingan "yashil makon" umummilliy loyihasi asosida daraxt ekish bo'yicha "dolzarb 40 kunlik" doirasida umumta'lim maktablarida "maktabni yashil maskanga aylantiramiz" aktsiyasini e'lon qiladi. 

Aktsiya doirasida joriy yilning 10 noyabr, ya'ni o'quv yilining 2-choragining ilk kuni Toshkent shahridagi 255-sonli umumta'lim maktabi hududida "Ziyo dunyosi bog'i"ni yaratish maqsadida ilk ko'chat ekish tadbiri o'tkaziladi. Shuningdek shu kunning o'zida barcha maktablarda "O'zbekiston – yashil makon" mavzusida insholar tanlovi bo'lib o'tadi.

13 noyabr (shanba) kuni umumta'lim maktablarida "maktabni yashil maskanga aylantiramiz" shiori ostida ommaviy daraxt ekish tadbirlari o'tkaziladi. "Mening birinchi niholim" nomi bilan ekilgan daraxtga ramziy ma'noda o'quvchilarning ismi shariflari yozib qo'yiladi. 

Aktsiya doirasida "mening daraxtim" mobil ilova dasturi ishlab chiqilib, 9-11-sinf o'quvchilari o'rtasida "Obod maktab" mobil ilova dasturini yaratish bo'yicha tanlov o'tkaziladi.  

O'quv yili yakunida "eng obod maktab" nominasiyasi bo'yicha g'olib deb topilgan 14 ta maktab elektron doska bilan taqdirlanadi.

Xalq ta'limi vazirligi so'nggi kunlarda yurtimizda kuzatilgan ob-havodagi o'zgarishlar mazkur aktsiyaning yuksak ahamiyatini ko'rsatganligini inobatga olgan holda barcha soha xodimlari, o'quvchilar, ota-onalar va keng jamoatchilikni ushbu aktsiyada faol ishtirok etishga chaqiradi.

-

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu