Sayt test rejimida ishlamoqda

“ZAMONAVIY MAKTAB” YANGI LOYIHASI ASOSIDA QURILGAN ILK 1320 OʻRINLI MAKTAB NOYABRDA FOYDALANISHGA TOPSHIRILADI

28-oktabr 2021-yil
image

“Zamonaviy maktab” talablari (https://t.me/uzedu/11346) asosida barpo etilgan mazkur maktab Yashnobod tumanining “Olmos” mahallasida joylashgan boʻlib, 1320 oʻquvchi oʻrniga moʻljallangan.

Yangi maktab oʻz faoliyatini oʻquv yilining 2-choragidan yaʼni 10-noyabr kunidan boshlaydi.

Mazkur maktabda farzandlari taʼlim olishni istagan ota-onalar maktab ochilishiga qadar Yashnobod tumani xalq taʼlimi boʻlimiga murojaat etishlari mumkin.

Manzil: Yashnobod tumani, Fargʻona koʻchasi, 543-uy,

Murojaat uchun telefon:

+99899 872-27-54 ; +99897 710-39-55.

Xalq taʼlimi vazirligi buyurtmachiligi asosida qurilgan mazkur maktab hududdagi koeffitsiyenti oshib ketgan maktablar quvvatini kamaytirish imkonini beradi.

-

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu