Sayt test rejimida ishlamoqda

XALQARO MUSOBAQADA G‘OLIB BO‘LGAN MEHRIBONLIK UYLARI TARBIYALANUVCHILARI TANTANALI KUTIB OLINDI

17-may 2022-yil
image

Avval xabar berganimizdek, 12-15 may kunlari Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan XVIII xalqaro futbol turnirida Mehribonlik uylarining 11-12 yoshli tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan O‘zbekiston terma jamoasi ishtirok etib, musobaqaning mutlaq g‘olibligini qo‘lga kiritgan edi.

photo2022-05-1718-06-35.jpg

Bugun Xalqaro aeroportda g‘oliblar tantanali kutib olindi. Shundan so‘ng Xalq taʼlimi vazirligida vazir va g‘olib o‘quvchilarning uchrashuvi o‘tkazilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.

photo2022-05-1718-06-33.jpg

8 ta o‘yinning barchasini g‘alaba bilan yakunlagan bolalar vazir bilan suhbatda o‘zlarining hayajonlari bilan o‘rtoqlashdilar. Vazir ularni g‘alaba bilan qutlar ekan, murabbiylariga alohida minnatdorlik bildirdi hamda bolalarni professional futbol bilan shug‘ullanishlari uchun O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarurligini qayd etdi.

photo2022-05-1718-07-38.jpg

Jamoa endi dekabr oyida Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha xalqaro turnirda qatnashadi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu