Sayt test rejimida ishlamoqda

DIQQAT! “OʻQITUVCHILAR-KELAJAGIMIZ BUNYODKORLARIDIR!” VIDEOROLIKLAR TANLOVINING RESPUBLIKA BOSQICHI BOʻLIB OʻTMOQDA

25-oktabr 2021-yil
image

Mamlakatimizda umumtaʼlim maktablari pedagog xodimlarining shaʼni va qadrini yanada koʻtarish maqsadida Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shunday tadbirlardan biri umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan “Oʻqituvchilar-kelajagimiz bunyodkorlaridir!” videoroliklar tanlovidir.

Mazkur tanlovning asosiy maqsadi umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari tomonidan oʻz ustozlari faoliyatiga nisbatan hurmat aks ettirilgan videoroliklarni yaratish va tarqatish orqali oʻquvchi-yoshlarning faolligini oshirish, ular tomonidan amalga oshirilayotgan ijodiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashdan iborat.

Tanlovning respublika bosqichi joriy yilning 25-27-oktyabr kunlari (25-oktyabr 18.00 dan, 27-oktyabr kuni 18.00ga qadar) vazirlikning feysbuk ijtimoiy tarmogʻidagi “Xalq taʼlimi vazirligi tanlovlari” nomli rasmiy sahifasiga joylashtirilgan videoroliklarga ovoz berish (“Like” toʻplash) orqali tashkil etiladi.

Vazirlikning Feysbuk ijtimoiy tarmogʻidagi tanlovlar sahifasiga joylashtirilgan 42 ta videoroliklar (har bir hududdan 3 tadan) orasidan eng koʻp “Like” toʻplangan ijodiy ishlar gʻolib deb topiladi.

Gʻoliblar barcha hududlar kesimida (har bir hududdan 1 tadan) aniqlanib, ularga vazirlikning qimmatbaho sovgʻalari topshiriladi.

Tanlov ishtirokchilari boʻlgan oʻquvchilarning ijodiy ishlariga oʻzingizning bahongizni bering va ishtirokchilardan munosiblarini aniqlashda oʻz hissangizni qoʻshing!

-

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu