Sayt test rejimida ishlamoqda

“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL OʻYINLARINING “XALQ TAʼLIMI VAZIRILIGI KUBOGI” OʻTKAZILMOQDA

20-oktabr 2021-yil
image

19-20-oktyabr kunlari Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan A.Avloniy nomidagi xalq taʼlimi muammolarini oʻrganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutida maktab oʻquvchilarining intellektual salohiyatini rivojlantirish, ularda mantiqiy fikrlashlarini kengaytirish, kitobxonlikka boʻlgan qiziqishlarini orttirish maqsadida “Zakovat” intellektual oʻyinlarining “Vazirlik kubogi” respublika turniri oʻtkazilmoqda.

photo2021-10-2011-10-07-2.jpg

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrida (har bir hududda bittadan) jami 14 ta umumtaʼlim maktabi “Zakovat” klubi faoliyatini takomillashtirish hamda rivojlantirish uchun markazlashgan toʻgaraklarni tashkil qilish boʻyicha tayanch maktablari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, unda har bir jamoadan 6 nafar oʻquvchi ishtirok etmoqda.

Turnirning ilk kunida jamoa ishtirokchilariga “Jamoani shakllantirish”, “Yosh oʻquvchilarga nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar” mavzusida seminar-trening oʻtkazildi hamda poytaxtimizning diqqatga sazovor “Yangi Oʻzbekiston”, “Gʻalaba bogʻi”ga sayohat uyushtirildi.

photo2021-10-2011-16-46.jpg

Bugun turnirning 2-kunida “Zakovat” intellektual oʻyinlarining “Vazirlik kubogi” respublika turniri final bosqichiga start berildi. Turnir natijalari eʼlon qilinadi.

Gʻolib jamoalar Xalq taʼlimi vazirligining qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlanadi.

--

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu