Sayt test rejimida ishlamoqda

ROSSIYALIK OʻQITUVCHILAR ISHTIROKIDA OʻZBEKISTONLIK OʻQUVCHILAR UCHUN RUS TILI FANIDAN TELEDARSLAR TASVIRGA OLINMOQDA

13-oktabr 2021-yil
image

“Zoʻr” (“Klass”) loyihasi doirasida Rossiyadan tashrif buyurgan oʻqituvchilar 2-sinf oʻquvchilari uchun rus tili fani darslarini tasvirga olishda ishtirok etmoqda.

Ayni vaqtgacha 14 ta teledars tayyorlangan boʻlib, ular II chorakdan “Onlayn maktab (https://t.me/uzeduonlinemaktab)” teleloyihasi doirasida efirga uzatila boshlaydi.

Shuningdek, rossiyalik mutaxassislar ishtirokida 2022-yilning yanvar oyida “Uzluksiz kasbiy taʼlim” elektron platformasida 4 ta fan — matematika, kimyo, biologiya va fizika oʻqituvchilari uchun rus tilida malaka oshirish kurslari ham ishlab chiqiladi.

--

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu