Sayt test rejimida ishlamoqda

MAKTABLAR XALQ TA’LIMI YO‘NALISHIDAGI BOSMA NASHRLAR BILAN TA’MINLANADI - PREZIDENT FARMONI

12-may 2022-yil
image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2022–2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risidagi farmoni bilan tasdiqlangan Milliy dasturga muvofiq mahalliy hokimliklar maktablarni faqat xalq ta’limi yo‘nalishidagi bosma nashrlar bilan ta’minlashlari yuklatildi.

Xususan, har bir maktab “Ma’rifat”, “Uchitel Uzbekistana”, “Tong yulduzi”, “Klass!” gazetalari, “Xalq ta’limi”, “Til va adabiyot ta’limi”, “Boshlang‘ich ta’lim”, “Gʻuncha”, “Gulxan” jurnallari bilan obuna uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida ta’minlanadi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, mamlakatimizda va xalq ta’limi tizimida olib borilayotgan islohotlar, sohada joriy qilinayotgan yangiliklardan o‘qituvchi-pedagoglarni bevosita bosma nashrlar orqali xabardor qilib borish, shuningdek, o‘quvchilarning bilimi va tafakkurini oshirishga, ma’naviy-intellektual salohiyati, dunyoqarashini yuksaltirishga mo‘ljallangan bolalar nashrlari orqali esa o‘quvchi-yoshlarning darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarida o‘qishlarini tashkil etgan holda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga ko‘maklashib borishdan iboratdir.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu