Sayt test rejimida ishlamoqda

FURQAT TUMANIDAGI MAKTABLAR O‘RGANILMOQDA

12-may 2022-yil
image

Xalq taʼlimi vazirligi mutasaddilari ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat etgan ustozlarning takliflari bo‘yicha Furqat tumanidagi umumtaʼlim maktablarga bordi. Xususan, tumandagi 13-maktabda bo‘lib, maktab binosini rekonstruksiya qilgan holda o‘quv xonalari, sport zal, faollar zali, oshxonani mukammal taʼmirlash uchun Investitsiya dasturiga qo‘shimcha kiritish zarurligi taʼkidlandi.

photo2022-05-1216-27-35.jpg

11-sinf o‘quvchilari bilan muloqot qilinib, maktabda olgan bilimi, egallaydigan kasblari yuzasidan savol-javob o‘tkazildi. Vazir 11-sinf o‘quvchisi Diyora Mirzaganiyeva bilan ingliz tilida erkin muloqot qilib, uning keng tafakkuri, teran fikrlashini eʼtirof etdi va unga noutbuk hamda planshet sovg‘a qildi.

photo2022-05-1216-27-37.jpg

Shuningdek, vazir tumandagi 14-maktabda ham bo‘lib, 11-sinf bitiruvchisi Naima Hasanova bilan muloqot qildi. Kitob o‘qishi orqali bilim va dunyoqarashini oshirayotgan, maqsadi sari astoydil harakat qilayotgan isteʼdodli o‘quvchiga noutbuk sovg‘a qilindi.

Maktab rahbariga mamlakat kelajagiga daxldor bo‘lib, o‘qituvchilarning masʼuliyatini oshirish zarurligi taʼkidlandi.

photo2022-05-1216-27-32.jpg

Maktabning ingliz tili o‘qituvchisi Yulduz Do‘ltayeva bilan muloqot qilinib, sohani rivojlantirish yuzasidan takliflari tinglandi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu