Sayt test rejimida ishlamoqda

1 SENTYABRDAN BARCHA TUMAN (SHAHAR)LARI KESIMIDA “NAMUNALI MAKTAB” REYTINGI JORIY ETILADI

12-may 2022-yil
image

2022 yilning 1 sentyabrdan boshlab respublikaning barcha tuman (shahar)lari kesimida “Namunali maktab” reytingini shakllantiriladi va eʼlon qilib boriladi.

“Xalq taʼlimini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” Prezident Qaroriga ko‘ra reyting doirasida har o‘quv yili yakunida umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida olib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar holati Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan mezonlar bo‘yicha baholab boriladi. Buning uchun umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida olib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar holatini baholash va reytingni yuritish uchun tuman (shahar) xalq taʼlimi bo‘limlari boshliqlari rahbarligida maxsus komissiyalar tuziladi hamda ularning xulosalariga ko‘ra, umumiy o‘rta taʼlim muassasalari reyting ko‘rsatkichlari asosida “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi.

Reyting ko‘rsatkichlari asosida “qizil” toifaga kiritilgan umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu