Sayt test rejimida ishlamoqda

“MAKTABBAY” ISHLASH ORQALI NATIJAGA ERISHILADI”

11-may 2022-yil
image

Bugun Xalq taʼlimi vazirligi mutasaddilari Farg‘ona viloyatidagi ta'lim muassasalarini o‘rganishni boshladi. Xususan, Quva tumanidagi 14-, 52-sonli, Toshloq tumanidagi 33-sonli maktablarda bo‘ldi.

14-sonli maktabda 11-sinf o‘quvchilarining dars jarayonlarida ishtirok etib, maktabni tamomlash arafasida egallagan bilimlari, oldilariga qo‘ygan maqsadlari, kelajakda tanlagan kasblari yuzasidan samimiy muloqot qilindi. Bitiruvchilar orasida dunyoqarashi keng, bilimga chanqoq, aniq maqsad qo‘yib, kasb tanlagan 4 nafar o‘quvchi eʼtirof etilib, ularga planshet taqdim etildi.

photo2022-05-1119-48-30.jpg

Pedagoglar bilan muloqotda mamlakat ertangi kuni o‘qituvchilarga bog‘liq ekanligi, bu juda katta masʼuliyat ekanligi tushuntirildi. Bu kabi muloqotlar Toshloq tumanidagi 33-sonli maktabda ham tashkil etildi.

Quva tumanidagi 52-sonli maktab 1968 yilda moslashgan bino (dala shiyponi) shaklida qurilgan, 2008 yilda ta'mirlangan bo‘lsada, o‘quv xonalarida taʼlim olish uchun sharoitlari yetarli emas. Shu bois, birinchi navbatda maktab uchun yangi bino qurish orqali sharoitlarni yaxshilash uchun Investitsiya dasturiga kiritilishi belgilandi.

 

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu