Sayt test rejimida ishlamoqda

266 NAFAR INGLIZ TILI OʻQITUVCHISI ENGLISH SPEAKING NATION DASTURI DOIRASIDA SERTIFIKATLAR BILAN TAQDIRLANDI

6-oktabr 2021-yil
image

Endilikda ular 120 soatlik nazariy TESOL kursini tamomlab, 20 soatlik amaliyotni boshlaydi.

Xalq taʼlimi vazirligi AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi hamda Xalqaro taʼlim boʻyicha Amerika Kengashlari (American Councils) bilan birgalikda 20-sentyabrdan 2-oktyabrga qadar Trenerlarni tayyorlash instituti treningini amalga oshirdi.

photo2021-10-0616-42-45-2.jpg

Treningda 200 dan ortiq asosiy oʻqituvchi-trener va eng malakali hududiy kasbdosh mentorlar ishtirok etdi. Treninglar 7 nafar TESOL instruktorlari, 4 nafar Jorj Meyson Universiteti instruktori hamda ESN: Coaches Program dasturining 7 nafar amerikalik trener tomonidan oʻtkazildi.

2-oktyabr kuni Daniel Hill mehmonxonasida mazkur treninglarning rasmiy yopilish marosimi oʻtkazildi va unda TESOL Core Certificate Program kursini va Jorj Meyson Universitetining Teaching English Through English kursini muvaffaqiyatli tamomlagan oʻqituvchilarga sertifikatlar topshirildi.

photo2021-10-0616-42-4614.jpg

Avvalroq, iyun-iyul oylarida Xalq taʼlimi vazirligining xorijiy hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan English Speaking Nation dasturi doirasida respublikamiz boʻylab 266 nafar ingliz tili oʻqituvchilari uchun TESOL Core Certificate Program (TESOL sertifikatlash dasturi) amalga oshirilgan edi. Mazkur dasturlar ingliz tili oʻqituvchilari uchun malaka oshirish intensiv kurslarini anglatadi. Endilikda oʻqituvchilar 20 soatlik amaliy kuzatuvlarni boshladi.

English Speaking Nation dasturi xalq taʼlimi tizimidagi 15 mingdan ortiq oʻqituvchilarning malakasini oshirishni koʻzda tutadi. Shu maqsadda 91 nafar asosiy trener oʻqituvchi saralab olingan boʻlib, ular xorijiy mutaxassislar koʻmagida 850 nafar hududiy kasbdosh mentorlar uchun kurslar tashkil qilib kelmoqda.

photo2021-10-0616-51-06.jpg

Dasturning keng qamrovini inobatga olgan holda, kurslarni toʻliq va muvaffaqiyatli tamomlagan oʻqituvchilar joylarda 15 mingdan ortiq oʻqituvchilar uchun treninglar olib borishlari rejalashtirilgan.

--

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu