Sayt test rejimida ishlamoqda

OʻQITUVCHILAR OʻRTASIDA ILK BOR “QUVNOQ STARTLAR” MUSOBAQASI TASHKIL ETILDI

4-oktabr 2021-yil
image

Joriy yilning 25-30-sentyabr kunlari Xalq taʼlimi vazirligi tashabbusi bilan ilk marotaba umumiy oʻrta taʼlim maktab oʻqituvchilari oʻrtasida “Quvnoq startlar” sport musobaqasining respublika final bosqichi oʻtkazildi.

dsc0656-2.jpg

Mazkur sport musobaqasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar mintaqaviy boʻlimlaridan jami 224 nafar oʻqituvchi ishtirok etdi.

dsc0908.jpg

Ushbu qiziqarli va murosasiz kechgan bahslarda jamoalar quyidagi oʻrinlarni egalladi.

1-oʻrinni Toshkent shahri jamoasi,

2-oʻrinni Navoiy viloyati jamoasi,

3-oʻrinni Namangan hamda Jizzax viloyatlari jamoalari qoʻlga kiritdi.

dsc0979.jpg

Musobaqada gʻolib va sovrindor boʻlgan oʻqituvchilar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan diplom, medal, kubok va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

dsc0921.jpg

Shuningdek, “1-oktyabr - Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan sport sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlar va jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

--

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu