Sayt test rejimida ishlamoqda

“MENING PREZIDENTIM” IJODIY ISHLAR TANLOVIDA GʻOLIB BOʻLGAN OʻQUVCHILAR VA ULARNING USTOZLARI MUNOSIB TAQDIRLANDI

24-dekabr 2021-yil
image

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda Xalq taʼlimi vazirligi hamkorligida noyabr-dekabr oylarida barcha umumtaʼlim maktablarida 10-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Mening Prezidentim” mavzusida respublika ijodiy ishlar tanlovi oʻtkazildi.

Mazkur tanlovning maktab, tuman (shahar) va viloyat bosqichlarida jami 600 ming nafardan ortiq oʻquvchilar ishtirok etdi.

dsc2047.jpg

Tanlovning asosiy maqsadi oʻquvchilarda soʻngi yillarda Yurtimizda amalga oshirilgan islohotlarni teran idrok etish va ular toʻgʻrisida mulohaza yuritish koʻnikmalarini, Vatanimiz taqdiri, ertangi kuni va istiqboliga daxldorlik tuygʻusini rivojlantirish, ularda ijodiy, tanqidiy, nostandart fikrlash, notiqlik, moslashuvchanlik, oʻz fikrini ijodkorona yetkazib bera olish koʻnikmalarini shakllantirish, uning kelajagiga nisbatan daxldorlik hissini shaklantirishdan iborat.

dsc2055.jpg

Ushbu ijodiy ishlar tanlovining respublika bosqichi joriy yilning 21-24-dekabr kunlari Toshkent shahridagi “Chinobod Plaza” sihatgohida tashkil etilib, mazkur bosqichda hududlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 45 nafar oʻquvchilar ishtirok etdi.

Joriy yilning 23-dekabr kunida respublika bosqichida oʻquvchilar “Mening Prezidentim” mavzusida insho yozdilar.

Hakamlarning qaroriga koʻra Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi 5-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabining 10-sinf oʻquvchisi Raʼno Abduhamidova – 1 oʻrinni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Boʻzatov tumanidagi 13-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi Gulferuz Saribayeva va Buxoro viloyati Jondor tumanidagi 3-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi Jasmina Toʻrayeva – 2 oʻrinni, Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi 2-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi Marvarid Rustamova hamda Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi 6-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 10-sinf oʻquvchisi Chinnigul Ismatillayeva – 3 oʻrinni qoʻlga kiritdilar.

dsc2057.jpg

Bundan tashqari 10 nafar respublika bosqichi ishtirokchilari turli xil nominatsiyalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritib qimmatbaho sovgʻalarga ega boʻldilar.

Shuningdek Respublika bosqichi ishtirokchilarining barchasiga 1 tadan noutbuk topshirildi.

Ushbu bosqichda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar (1-,2-,3-oʻrin) 2022-2023 yoki 2023-2024-oʻquv yilida respublikadagi oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari natijalariga koʻra toʻlov-shartnoma asosida talabalikka qabul qilingan taqdirda, ularning mos ravishda 1-oʻrin sohibiga 4 yillik toʻlov-shartnoma mablagʻlarini, 2-oʻrin sohibiga 3 yillik toʻlov-shartnoma mablagʻlarini, 3-oʻrin sohibiga 2 yillik toʻlov-shartnoma mablagʻlarini toʻlab berish yoki grant asosida talabalikka qabul qilinsa mos ravishda 1-oʻrin sohibiga 4 yillik toʻlov-shartnoma mablagʻlari, 2-oʻrin sohibiga 3-yillik toʻlov-shartnoma mablagʻlari, 3-oʻrin sohibiga 2-yillik toʻlov-shartnoma mablagʻlari miqdorida mukofotlanadilar.

dsc2086.jpg

Tanlovning toʻrtinchi bosqichda 1-,2-,3-oʻrinni egallagan gʻoliblarning umumtaʼlim muassasasidagi ustozlari mos ravishda 30 mln., 20 mln. va 10 mln. soʻm pul mablagʻlari bilan mukofotlandilar. Shuningdek, respublika bosqichi gʻoliblari (1-, 2-, 3-oʻrin) taʼlim olayotgan umumtaʼlim maktablari direktorlariga bittadan noutbuk topshirildi.

dsc2087.jpg

Bundan tashqari, tanlov davomida oʻquvchilar uchun mamlakatimizning koʻzga koʻringan siyosat, madaniyat, jamoat arboblari ishtirokida treninglar, poytaxtimizda soʻnggi yillarda bunyod etilgan obyektlariga sayohatlar va boshqa koʻngilochar tadbirlar ham tashkil etildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu